"Barselona" va "Sevilya" Kundening transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
25 iyul 2022, 11:07
"Barselona" "Sevilya" bilan himoyachi Jyul Kundening transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Kataloniya klubi 23 yoshli markaziy himoyachi uchun 50 million evro to'laydi.

Andalusiyaliklar yana 10 million evro bonuslar ko'rinishida olishlari mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" o'yinchi bilan 4 yillik bitim borasida kelishuvga erishgan. Bitim kelasi haftada rasmiylashtiriladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es