“Barselona” va “Real” Milan klubi himoyachisi uchun kurashadi

18 noya 2019, 07:59
Milan Shkrinyar ispan grandlari oromini o'g'irladi.

“Barselona” va “Real” klubi “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Slovakiyalik futbolchi milanliklar bilan yangi shartnoma tuzgach, tovon puli haqidagi band kelishuvdan chiqarib tashlangan. Avvalroq “Inter” futbolchini 60 mln evro evaziga sotishdan bosh tortgan. Milan bo'yicha taklif qishdayoq beriladi. Biroq ushbu transferga faqatgina yozda ruxsat berilishi mumkin.

Milan joriy mavsum A Ceriyada 12 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport