"Barselona" va "Milan" MYU futbolchisini bepul qo'lga kiritmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2021, 08:36
Yarim himoyachi Jessi Lingard katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted"dan ketadi.

ESPN ma'lumotiga ko'ra, angliyalik futbolchiga "Barselona" va "Milan" tomonidan qiziqish bor. Ular kelasi yozda futbolchini tekinga o'z tarkiblariga qo'shib olmoqchilar. 

Lingardga shuningdek "Vest Xem", "Nyukasl", "Tottenxem" va "Everton" kabi jamoalar tomonidan qiziqish bildirilmoqda. 

28 yoshli Lingard Qatardagi JCH oldidan doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Manchester Yunayted"dan ketishga rozi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN