"Barselona" va "Manchester Siti" klublari "Inter" himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

20 yanv 2020, 00:59
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Alessandro Bastoni Italiyani tark etishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" mutasaddilari himoyachini Joau Kanselu bilan almashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri esa Bastoniga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani haqida yozdi. Ammo milanliklar futbolchini qo'yib yubormoqchi emas va ikkala taklif ham rad qilingan.

"Transfermarkt" portali ma'lumotlariga qaraganda 20 yoshli futbolchining transfer bahosi 23 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo