"Barselona" va "Inter" o'zaro futbolchi almashishlari mumkin

Alisher
7 dek 2019
"Barselona" va "Inter" klublari qishda o'zaro futbolchi almashishlari mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" jamoa hujumchisi Luis Suaresga o'rinbosar izlashmoqda. "Barselona" shu sabab "Inter" o'yinchisi Lautaro Martinesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

O'z o'rnida, "Inter" ham "Barselona"ning chililik o'yinchisi Arturo Vidalga ko'z tikkan. Shu sabab ikki jamoa o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, futbolchi almashishlari mumkin.

Xabar qilinishicha, "Barselona" hozirda Martines uchun 60 million evro to'lashiga to'g'ri kelmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo