"Barselona" va "Borussiya" "Ayaks" o'yinchisi Mazraui uchun kurashadi

Alisher
26 fev 2022, 10:40
"Ayaks" himoyachisi Nussair Mazraui yozda klubdan ketishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 24 yoshli marokashlik futbolchiga "Barselona" va Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Klublar o'yinchi uchun kurashishga va u bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashga tayyorlar.

Mazraui joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira