"Barselona" va "Atletiko" norasmiy kelishuvga erishdi. Unga ko'ra "Barsa" Madrid klubiga 15 million evro o'tkazib beradi

Alisher
22 okt 2019
"Barselona" va "Atletiko" klublari Antuan Grizmann ishi bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Kataloniya klubi francuz futbolchisi bilan erta muzokaralar boshlagani uchun "Atletiko"ga 15 million evro to'lashga rozi bo'ldi.

Buning evaziga "Atletiko" Grizmanning "Barselona" bilan yozishmalarini ommaga oshkor qilmaydi. Ta'kidlab o'tish kerakki, "Barselona" shuningdek bir yo'la "Atletiko"ning 5 o'yinchisini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ldi, shu jumladan Xose Mariya Ximenes va Saul Nigeslarni ham.

Ammo, "Barselona" o'yinchini sotib olish huquqiga ega bo'lish uchun 3ta narsa talab qilinadi: o'yinchining "Atletiko"dan kyetish istagi, madridliklarni qanoatlantiradigan mablag' va ularning futbolchini sotish istagi.

Bundan tashqari, ikki klub ham to'langan mablag' Grizmann ishiga aloqasi yo'qligini takidlashmoqda. Lekin bu norasmiy kelishuv bo'lganligini inobatga olsak, bu mablag'lar yozishmalarni oshkor qilmaslik sabab "matraschilar"ga o'tkazib berilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Grizmann yozda "Atletiko"dan "Barselona" 120 million evro evaziga o'tdi.


AlisherMuallif
Manba: AS