

Uchrashuvda Aleyish Vidal tomonidan kiritlgan uchinchi gol kataloniyaliklarning joriy mavsumda barcha turnirlarda kiritgan 100-goli sifatida qayd etildi. “Barselona” Yevropa jamoalari orasida birinchi bo'lib ushbu dovonni zabt etdi. Madridning “Real” jamoasi kataloniyaliklardan ikkita gol ortda qolayotgan bo'lsa, “Monako” hisobida 97 ta gol mavjud.



