"Barselona" turar joy binosi qurmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 dek 2025, 15:15
Manbaga ko'ra, "Barselona" asosiy jamoa futbolchilari uchun dam olish sharoitlarini yaxshilash niyatida.

Klub futbolchilari safardan qaytgandan keyin, ayniqsa, erta tongda uxlashlari uchun San-Joan-Despi shahrida turar joy binosi qurishni rejalashtirmoqda. G'oya uyga yetib olish uchun ko'p vaqtin yo'lda o'tkazadigan o'yinchilarga qo'shimcha dam olish soatlari joriy etishni nazarta tutadi, chunki tiklanish mashg'ulotlari odatda ertasi kuni o'tkaziladi.

Binoda turli xonalar, ovqatlanish xonasi va konferenciya zallari bio'ladi. Bundan tashqari, binodan klubdagi boshqa jamoalar, masalan, ayollar jamoasi ham foydalanishi mumkin, garchi ularning taqvimi erkaklarnikidek zich bo'lmasa-da.

Loyiha tasdiqlangan va yaqin kelajakda, buni amalga oshirishga imkon beruvchi byudjet paydo bo'lishi bilanoq ishga kirishiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es