"Barselona" titul homiy bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
6 noya 2020, 18:28
"Barselona" o'zining titul homiysi bilan shartnomani uzaytirdi.

Klub Rakuten kompaniyasi bilan 2021/22 yilgi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Qayd etish kerakki, Rakuten 2017 yildan beri Kataloniya grandining titul homiysi bo'lib kelmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" Ispaniya chempionatida 6 turdan so'ng 8 ochko jamg'argan holda, jadvalda 12-o'rinda bormoqda.

Kataloniyaliklar keyingi o'yinni "Kamp Nou"da "Betis"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com