"Barselona" tarixda ilk bor mehmondagi o'yinda g'alaba qozonganidan so'ng CHLdan chiqib ketdi

Alisher
17 apr 2024, 12:54
"Barselona" tarixda ilk bor Chempionlar ligasi pley-offida mehmondagi o'yinda g'alaba qozonganidan so'ng musobaqani tark etdi.

Kataloniyaliklar kecha o'z uylarida PSJ (1:4)dan yirik hisobda mag'lub bo'lishdi va ikki o'yin natijasiga ko'ra (4:6) turnirni tark etishdi.

Bu "Barselona" tarixida ilk bor ro'y berdi, aniqrog'i "ko'k-anorranglilar" ilk safardagi o'yinda g'alaba qozonganlaridan so'ng keyingi bosqichga o'ta olishmadi.

PSJ Chempionlar ligasi yarim finalida Dortmudning "Borussiya" jamoasi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru