"Barselona" Sterlingni ijaraga olishga tayyorlanmoqda

Alisher
11 okt 2021, 12:37
"Barselona" Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish ishlari o'xshamasa, B rejani o'ylab qo'ydi.

Kataloniyaliklar o'z tarkiblariga "Manchester Siti" forvardini qo'shib olmoqchi. Agar ispan klubi Dembele bilan kelishe olmasa, bu bitimning amalga oshish ehtimoli mavjud.

"Kamp Nou"dagi rejalarga kirmayotgan francuzdan maosh kamayishini talab qilishmoqda.

Sterling esa so'nggi paytlar o'zining "Etixad"dagi holatidan norozi va chet elda o'ynash imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport