"Barselona" Sterlingga qiziqmoqda

Alisher
22 iyul 2021, 16:52
"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O'yinchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.

"Manchester Siti" Sterling bilan ushbu transfer oynasida xayrlashishga tayyor, ammo ma'lum mablag' evaziga. O'yinchining o'zi ham klubini o'zgartirishga qarshi emas. Angliyalik "Barsa"da jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Antuan Grizmanning o'rnini egallashi mumkin.

Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal