"Barselona" sobiq futbolchisi: "Men "Real" muxlisiman, u doimo g'alaba qozonadi"

Aslanov Jasurbek
23 dek 2017, 11:37
"Real" va "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Luish Figu "el-klassiko"dan oldin Madrid klubiga muxlislik qilishini aytdi.

"Men "Real" muxlisiman va u doimo g'alaba qozonishiga umid qilaman. Nafaqat bu uchrashuv, balki barcha turnirlarda. Zidan haqida gapiradigan bo'lsak, kelajakda nima bo'lishini tasavvur qilish qiyin. U murabbiy bo'lishini ko'pchilik kutmagan edi. Biroq bu uning tanlovi. "Real"da ishlash uchun Zidanda hamma narsa bor. U uzoq vaqt qoladi deb umid qilaman" - deydi Figu.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal