"Barselona" sobiq futbolchisi Malkom bu yil boshqa maydonga tusha olmaydi

Alisher
10 okt 2019, 14:18
"Zenit" futbolchisi Malkom Finlyandiyada operaciya qilindi.

"Futbolchi dastlab to'liq tekshiruvdan o'tkazildi. Shundan so'ng, Yevropa va Rossiyaning yetakchi tibbiy markazlari futbolchini operaciya qilishga qaror qilishdi.

Operaciya muvaffaqiyatli o'tdi. Bugun u Peterburgga qaytib keladi va yakka tarkibdagi tiklanish dasturlarini boshlaydi", - deyiladi rasmiy xabarda.

Xabarlarga qaraganda, sobiq "Barselona" hujumchisi bu yil maydonga tusha olmaydi.

22 yoshli Malkom joriy mavsum RPL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi va atigi 62 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fc-zenit.ru