"Barselona" "Siti"ga Garsiya uchun 17-18 mln evro taklif qiladi

Alisher
5 okt 2020, 13:13
"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisi Erik Garsiyani "Manchester Siti"dan qaytarishga qattiq harakat qilmoqda.

Kataloniya klubi bugun 19 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun bonuslarni qo'shganda 17-18 mln evro taklif qiladi, shu bilan birga "ko'k-anorranglilar" xavbeki Rafinya Alkantara bitimga kirmaydi.

"Shaharliklar" ham muzokaralarni davom ettirishga tayyorlar, ammo bitimni amalga oshirish uchun "Barselona" "Fulxem" qiziqish bildirayotgan Jan-Kler Todiboni sotishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Garsiyaning "Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano