"Barselona" sardori mavsum oxirida jamoani tark etadi

Omonjon To`xtamirzayev
2 okt 2023, 14:38
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto katta ehtimol bilan mavsum so'ngida "ko'k-anorranglilar" bilan xayrlashadi.

2024 yil yozida uning "Barselona" bilan shartnomasi yakunlanadi.

"Barselona" Robertoning sadoqati va universalligini qadrlaydi, ammo Joau Kanseluning jamoaga kelishi oqibatida, ispaniyalik zaxirada qolib ketmoqda. Shartnomada kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini beruvchi band borligiga qaramay, manbalar bu futbolchi uchun klub libosidagi oxirgi mavsumligini takidlashmoqda.

Qayd etish lozim, bu mavsum Roberto faqatgina 3 bor maydonga tushdi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es