"Barselona" Robertoga yangi shartnoma taklif qildi

Alisher
15 iyul 2021, 12:37
Himoyachi Serxi Roberto "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.

Kataloniya klubi o'z tarbiyalanuvchisiga 2 yillik shartnoma taklif qildi.

Ispaniyalik futbolchining "Barsa" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan va klub Robertoni yana ikki yil o'zida saqlab qolmoqchi. O'yinchining tez orada yangi bitimga imzo chekishi kutilmoqda.

Roberto o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo