"Barselona" "Real" sotib olmoqchi bo'layotgan hujumchini kuzatdi

Tolibjon Qosimov
19 okt 2017, 20:59
"Barselona" klubi "Tottenxem" futbolchilari Xarri Keyn va Kristian Eriksenlarga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi sport direktori Roberto Fernandes seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi "Santyago Bernabeu"da kechgan bahs (1:1)da har ikki o'yinchini kuzatdi.

Oldinroq, londonliklar prezidenti Deniel Levi 24 yoshli Keynni 200 million funtga baholagan edi. Xarrini "Real" ham sotib olmoqchi bo'lib yuribdi.

Eriksenga esa "Barselona" "Ayaks"da o'ynab yurganida ham qiziqish bildirgan, bir necha hafta oldin esa o'sha qiziqish yana qayta uyg'ondi. 25 yoshli yarim himoyachining ehtimoliy transferiga "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Filippe Koutinoning alternativi sifatida qaramoqda.

Bu futbolchilarni jalb qilish borasidagi oxirgi so'z "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdeda qoladi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mundodeportivo.com