“Barselona” – “Real Sosedad”. Fabregas o'yinni o'tkazib yuboradi

23 sen 2013, 18:22
“Barselona” klubi yarim himoyachisi Fransesk Fabregas, Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan “Real Sosedad” qarshi o'yinda, klub tarkibi ro'yxatiga kiritilmadi.

Klubning bunday qarorga kelish sabablari hali noma'lum.

Umumiy hisobda o'yin ro'yxatiga 19 ta futbolchi kiritilgan. Bular: Valdes, Pinto, Montoyya, Alves, Pike, Bartra, Adriano, Maskerano, Buskets, Song, Xavi, Inesta, dos Santos, Serxi Roberto, Pedro, Sanches, Messi, Neymar, Telo.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” – “Real Sosedad” klublari o'rtasidagi bahs 24-sentyabrda Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.


Manba: sports.ru