"Barselona" rahbariyati hamda Koutino agenti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019, 12:04
Bir necha kun oldin "Barselona" rahbariyati va Filippe Koutino agenti o'rtasida futbolchining kelajagiga oid uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Kataloniya klubidagilar Koutinoni sotmoqchi emasligini ma'lum qilishdi.

Agar braziliyalikning o'zi jamoani tark etishni istasa faqat 100 mln. evrolik taklif evaziga klub uni qo'yib yuborishi mumkin.

Koutino joriy mavsum LaLiganing 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GOL