"Barselona" qishda "Arsenal"dan Obameyangni sotib olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
15 dek 2021, 21:11
Hujumchi Per-Emerik Obameyang "Arsenal"ni tark etishi mumkin.

32 yoshli gabonlik hujumchi "Barselona"ning qiziqishlari doirasida turibdi.

Futbolchining klub bilan munosabatlari yomonlashgan. U Fransiya safaridan vada qilinganidan kech qaytgani uchun "Arsenal"da sardorlik bog'ichidan mahrum qilindi. Forvard qishda transfer ro'yxatiga kiritilishi mumkin.

"Barsa" uchun Obameyang hujumni kuchaytiradigan variantlaridan biri hisoblanadi. Klub, shuningdek, Timo Verner ("Chelsi") va Edinson Kavanini ("Manchester Yunayted") o'z safiga qo'shib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Per-Emerik joriy mavsum APLda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Diario Sport