"Barselona" PSJ va Neymardan o'ch olmoqda

Aslanov Jasurbek
9 avg 2017
Neymarning PSJdagi debyuti kechiktirilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" hozirgacha braziliyalikning transfer sertifikatini Fransiya futbol ligasiga yuborgani yo'q, shu sababli futbolchi PSJ safida maydonga tusha olmaydi. "Gengam" bilan bahs yakshanba kuni bo'lib o'tadi va agar liga shanba kuni 23:59gacha hujjatlarni qabul qilsa, PSJ uni qaydnomaga kiritishi mumkin.

"Barselona" rahbarlari transferni cho'zib, PSJdan o'ch olmoqchi. "Barselona" sertifikatni 18 avgustgacha yubormaslikka haqqi bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe