"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Agar Xavi so'rasa, Ramos bilan shartnoma imzolagan bo'lardim"

Alisher
19 noya 2020, 15:48
"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Font ehtimol saylangandan so'ng "Real" himoyachisi Serix Ramos bilan shartnoma imzolashi borasidagi savolga javob berdi.

"Agar Xavi mendan so'rasa va bu iqtisodiy nuqtayi nazaridan mumkin bo'lsa, men Ramos bilan shartnoma imzolagan bo'lardim", - deydi Font.

Font shuningdek "Barsa"ning yangi markaziy himoyachilari uchun Erik Garsiya ("Manchester Siti") va Matteys de Ligt ("Yuventus")ni ko'rayotganini aytdi.

Font bungacha bir necha bor "Barselona" bosh murabbiyligida Xavini ko'rishni xohlashini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo