“Barselona” prezidenti: “Valverde jamoa uslubiga mos tushadi”

Aslanov Jasurbek
30 may 2017, 00:05
“Barselona” klubi prezidenti Xosep Bartomeu maxsus matbuot anjumanida jamoaning yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde haqida o'z fikrini bildirdi.

“Valverde juda-juda baxtiyor. Unda jamoa bilan ijobiy natija qayd etish uchun barcha xislatlar mujassam. U yoshlar futbolini yaxshi ko'radi va eng muhimi uning qarashlari “Barselona” o'yin uslubiga mos keladi”, - deya Bartomeuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.


Yana bir bor eslatib o'tamiz, Valverde “Barselona” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U 1988-1990 yillarda futbolchi sifatida “Barselona” sharafini himoya qilgan. 53 yoshli mutaxassis bosh murabbiylik postida Luis Enrikeni almashtirdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca