"Barselona" prezidenti Messi bilan tuzilajak shartnoma haqida gapirdi

28 may 2021, 21:27
"Barselona" prezidenti Joan Laportaning xabar berishicha, Lionel Messi bilan shartnoma imzolash masalasidagi ishlar yaxshi ketmoqda.

"Messi bilan shartnoma masalalari joyida, ammo ish hali to'liq yakunlanmadi", - deya Laportaning so'zlaridan iqtibos keltiradi klub matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com