"Barselona" Pedriga ikki haftalik tatil beradi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2021, 19:21
18 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 73 uchrashuvda maydonga tushdi.

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman yarim himoyachi Pedriga "Atletik" bilan o'yindan so'ng tatil berilishini aytdi.

"Pedriga ertangi o'yindan so'ng unga ikki haftalik tatil berishga qaror qildik.

U dam olishi kerak. Uning yoshidagilarga tez-tez o'yin o'tkazishi mumkin emas. Futbolchi kamida ikki hafta tanaffus qilishga loyiq", - dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 18 yoshli Pedri 73 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport