"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

Alisher
23 apr 2022
"Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmoga "Barselona" qiziqmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"da ushbu transferni amalga oshirish uchun mablag' yo'q, ammo o'yinchining o'zi tarbiyalangan Kataloniya klubiga qaytishni xohlaydi.

Olmo "Leyptsig"ga 2020 yilda "Dinamo" (Zagreb)dan 22 mln evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

23 yoshli ispan joriy mavsum "buqalar" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes