

"Cadena SER" xabariga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi 24 yoshli golkiperning vakillari bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
Xabaringiz bor, Onana 2010-2015 yillarda "Barsa"ning yoshlar tizimi vakili bo'lgan.
Amstyerdam klubi sport direktori Mark Overmars Onanaga "ko'k-anorranglilar"dan yaxshi taklif bo'lsa, ketishi mumkinligini aytgan.
Avvalroq unga Londonning "Chelsi" klubi da'vogarlik qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.



