"Barselona" ochko yo'qotishda davom etadi

Nadirkhuja Yuldashev
18 apr 2016, 01:20
Kataloniyada, Ispaniya chempionatining 33-turida "Barselona" mag'lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida qanotdan etkazib berilgan to'pni Rakitich o'z darvozasiga yo'naltirib yubordi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning birinchisida Santi Mina hisobni 2:0 ko'rinishga olib keldi. Ikkinchi bo'limda Messi tomonidan kiritilgan gol, hisobni qisqarishiga xizmat qildi xalos.

"Barselona" - "Valensiya" 1:2 (0:2)

Gollar: Messi (63) - Rakitich (26 avt), Santi Mina, (45+1)

Bosh hakam: Fernandes Borbalan (Almeriya).

"Barselona": Bravo, Suares, Pike, Alba, Maskerano, Serji Roberto, Rakitich, Buskets, Inesta, Neymar, Messi.

"Valensiya": Diego Alves, Abdennur, Sikeyra, Barragan, Mustafi, Parexo, Xavi Fuego, Andre Gomesh, Peres, Rodrigo, Santi Mina.

TURNIR JADVALI bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia