"Barselona" Neymar uchun PSJga yana bir futbolchisini taklif qildi

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 17:41
"Barselona" PSJ bilan Neymar transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi sobiq futbolchisini jamoaga qaytarish uchun PSJga 250 million evro to'lay olmaydi. Shu boisdan ular uch futbolchisini PSJga berishga tayyor turibdi.

Fransiyaliklar endi Nelson Semeduni ham so'rashmoqda. O'tgan yili yozda parijliklar ushbu futbolchi borasida muzokaralar olib borishgandi. Shuningdek, Ivan Rakitich ham PSJ safini to'ldirishi mumkin.

Oldinroq Neymar "Barselona"ga qaytish istagi borligini aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo