"Barselona" Neymar uchun 180 million evrodan ortiq pul to'lay olmaydi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019, 21:40
PSJ hamda "Barselona" klublari rahbarlari o'rtasidagi kichik ziddiyatlar Neymarning transferiga ta’sir o'tkazmoqda.

Parij klubi 27 yoshli futbolchi uchun 250 million evro so'rayotgan bo'lsa, "Barselona" 170-180 million evrodan ortiq pul to'lay olmasligini ma'lum qilgan.

"Marca" nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" Neymarning qaytishi uchun Usmon Dembele ham Filippe Koutinolarni PSJga berish borasida deyarli kelishib olgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca