"Barselona" "Monako" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
29 okt 2021
"Monako" himoyachisi Kayu Enrike "Barselona"ga o'tishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, Ispaniya klubi 24 yoshli futbolchini arzonroq narxga sotib olmoqchi. Ayni damda klubdagi moliyaviy holat unchalik yaxshi emasligi sababli klub katta transferlarga qo'l ura olmayapti. Monegasklar esa himoyachisini 30 million evrodan kamiga bermoqchi emas.

Ushbu mavsumda Enrike "Monako" tarkibida 17 o'yinda 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS