"Barselona" "Monako" himoyachisi Fabinoga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
27 may 2015, 15:49
"Barselona" murabbiylar shtabi "Monako" himoyachisi Fabinoga qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik futbolchi ko'p qirrali bo'lgani tufayli Kataloniya klubi unga qiziqib qolgan. Fabino o'z harakatlari bilan Dani Alvesni eslatib yuboradi.

Oldinroq "Monako" ushbu futbolchi transfer huquqini "Riu Ave"dan xarid qilgani ma'lum qilingan edi. 21 yoshli futbolchining monegasklar bilan shartnomasi 2019 yilgacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com