“Barselona” Minani sotishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
24 iyun 2018, 08:02
“Barselona” markaziy himoyachisi Yerri Mina kelasi mavsum jamoada o'ynamaydi.

Kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde kolumbiyalik 23 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti. Buning natijasida Mina transferga qo'yiladi. 

Himoyachi o'tgan qishki transfer bozori chog'ida “Palmeyras”dan 12 million evro evaziga “Barsalona”ga ko'chib o'tgandi. Lekin o'tgan vaqt mobaynida u asosiy tarkibdan joy ola bilmadi. 

Mina sotilmaganda taqdirda ham uni klubi rahbariyati ijaraga beradi. Kolumbiyalikning o'rnini “Gremio” yarim himoyachisi Arturning egallashi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Minaning “Barselona” bilan shartnomasi 2023 yilgacha amalda bo'ladi. Uning transfer bahosi 100 mln evro sifatida belgilangan. Hozirda himoyachiga “Betis”, Dortmundning “Borussiya” hamda Turkiyaning “Fenerbaxche” klublari da'vogarlik qilyapti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif