"Barselona" Messiga yangi shartnoma taklif qilmoqda

Alisher
24 apr 2021, 13:03
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

33 yoshli argentinalik futbolchining ispan klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchi bilan shartnomani bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilga qadar uzaytirishmoqchi.

Leo joriy mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN