"Barselona" Messiga taklif yubormadi. Laporta va Leoning otasi bir necha soat suhbatlashishdi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023, 20:50
"Barselona" Lionel Messi bilan shartnoma imzolash bo'yicha taklif yuborgani yo'q.

Oldinroq "Barselona" prezidenti Joan Laporta futbolchining otasi Xorxe Messi bilan uchrashuv o'tkazgandi. Ushbu uchrashuvda argentinalikning "Barselona"ga qaytishi muhokama qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi Messi borasida rasmiy taklif yubormagan. Laporta va futbolchining otasi kelishuvga erishish uchun bir necha soat sarf qilishdi. Muzokaralar ijobiy davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano