"Barselona" Mendiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
9 okt 2018, 12:45
"Barselona" murabbiylar shtabi himoyachi Xordi Albaga o'rinbosar izlamoqda.

Kataloniya klubi murabbiylari chap qanot himoyachisi roliga "Lion" futbolchisi Ferland Mendini ko'rib chiqishmoqda. 23 yoshli fransiyalik "Barselona" talablariga mos keladi. Ko'k-anorranglilar Mendini xarid qilish yo'llarini ko'rib chiqishmoqda.

Ferland Mendi joriy mavsum Fransiya chempionatining 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo