

Rus klubi futbolchi uchun 40 million evro taklif qildi.
Braziliyalik futbolchi "Barselona"ga o'tgan yozda "Bordo"dan 41 million evro evaziga o'tgan edi.
Malkomning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi Braziliyaning "Korintians" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2016 yilda Fransiyaning "Bordo" klubi futbolchini sotib olgan.
O'tgan yilda esa "Barselona" Malkom bilan shartnoma imzolagan.




