“Barselona” Malkom uchun kurashga qo'shildi

24 iyul 2018, 07:45
“Barselona” rahbariyati “Bordo” yarim himoyachisi Malkomni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ilgariroq Rimning “Roma” klubi braziliyalik futbolchi bilan dastlabki kelishuvga erishganligi haqida xabar qilingan edi (32 million evro va 4 million bonus). Bugun Malkom “Roma”da tibbiy ko'rikdan o'tishi lozim edi. Ammo “Bordo” rahbariyati futbolchini Rimga qo'yib yuborishni istamadi. Sababi “Barselona” tomonidan klubga rimliklarnikiga qaraganda yaxshiroq taklif jo'natilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia