"Zenit" Malkomni "Al Hilol"ga sotmoqda

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 00:15
"Al Hilol" klubi Jorje Jezush talabi bilan Malkomni sotib olmoqda.

Jurnalist Jorje Nikolaning ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubining portugaliyalik bosh murabbiyi rahbariyatdan futbolchini sotib olish talabini qo'ygan va klubdagilar uning istagini bajargan.

Braziliyalik 60 mln evro evaziga "Zenit"dan ketadi va oyiga 1,5 mln evro maosh oladi. Futbolchi dushanba kuni barcha ishlarni rasmiylashtirish uchun Saudiya Arabistoniga yetib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal