"Barselona": Luis Suaresning tizzasida muammo bor

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018
"Barselona" hujumchisi Luis Suares bir necha kun davomida umumiy guruhdan alohida shug'ullanadi.

Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi o'ng oyog'ining tizzasida jarohat bor.

Urugvaylik futbolchi "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida (4:2) jarohat olgan va uning "Valensiya" bilan o'yinda ishtiroki so'roq ostida edi. Biroq forvard maydonga tushdi va golli pas berdi.

Oldinroq, Suares uchinchi farzandi tug'ilishi munosabati bilan Urugvay terma jamoasining 12 va 16 oktyabrdagi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etmasligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com