"Barselona" "Lids" futbolchisi uchun Mingesadan voz kechishga tayyor

Og'abek Samisov
27 mar 2022, 15:30
"Barselona" hali ham "Lids" futbolchisi Rafinyaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sport.es" xabariga ko'ra, klub 25 yoshli braziliyalik futbolchini tarkibiga qo'shib olish uchun himoyachi Oskar Mingesani "Lids"ga berib yuborishga tayyor.

Manbaning yozishicha, "Barselona"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan 22 yoshli ispaniyalikka "Lids" ham qiziqib qolgan.

Mingesa ushbu mavsum LaLiganing 15 o'yinida qatnashib, 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia