"Barselona" Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026, 19:23
Kataloniya klubi 37 yoshli hujumchi Robert Levandovski bilan kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, biroq kamaytirilgan maosh sharti bilan.

Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik polshalik futbolchining mashg'ulotlarga munosabati va maydondagi o'yinidan mamnun. Klub forvard bilan kelishuvni kamida 2027 yilning iyunigacha uzaytirishning turli variantlarini o'rganmoqda.

Levandovski 2022 yilning yozidan beri "Barselona" safida to'p tepib kelmoqda. U ushbu mavsum barcha musobaqalarda 27 o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi bitimi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Levandovskining narxi 9 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN