

“Barselona” agarda “Inter”dan Lautaro Martinesni sotib ololmasa, u holda bor e'tiborini PSJni tark etib, erkin agentga aylanadigan Edinson Kavaniga qaratadi. “Sport.es” xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Kavani bilan yaqin muddat ichidayoq shartnoma imzolashi mumkin. Qayd etish joiz, Kavanining xizmatlariga “Atletiko Madrid” klubidan ham jiddiy qiziqish borligi aytilmoqda.



