Barselona Kurtua bilan muzokara o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
27 dek 2013, 08:55
Barselona hamon Viktor Valdesga o'rinbosar qidirmoqda.
Kataloniya klubi Chelsiga tegishli bo'lgan uch yildan buyon Atletikoda ijarada o'ynayotgan Tibo Kurtuaga qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Marca nashri.

Barselona va 21 yoshli Belgiya terma jamoasi a'zosi shartnoma tuzishga tayyorlar.

Biroq muammo bor - Chelsi Kurtuani Chempionlar ligasidagi raqobatchilaridan biriga sotmoqchi emas va uni Atletikoda qolishidan manfaatdor.

London klubi Kurtuani sotsa ham kamida 20 million evroga sotishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru