“Barselona” Kumanning o'rniga kimni olib kelmoqchiligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
28 okt 2021, 07:00
Avvalroq, kataloniyaliklar rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli Ronald Kumanni iste'foga chiqargani haqida xabar qilingandi.

El Chiringuito TV manbasiga ko'ra, “Barsa” klubning sobiq xavbeki Xaviga murabbiylik kursisini topshirmoqchi. 41 yoshli mutaxassis bilan kelishuv esa bugunning o'zida hal bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xavi 2019 yildan beri Qatarning “Al Sadd” jamoasini boshqarmoqda. Dohaliklar uning qo'l ostida 7ta titul yutishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Chiringuito TV