"Barselona" Koutino va Dembele uchun qancha to'laydi?

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 14:56
"Barselona" "Liverpul" va Dortmundning "Borussiya" klubiga yarim himoyachi Felipe Koutino hamda Usmon Dembele uchun 150 mln. evrodan to'laydi.

Oldinroq "Barselona" bosh menejeri Pep Segura Kataloniya klubi Koutino va Dembeleni xarid qilishga yaqinligini ma'lum qilgan edi, biroq "Liverpul" va "Borussiya" ushbu ma'lumotni rad etdi.

Joriy mavsumlar oralig'ida "Barselona" 40 mln. evro evaziga "Guanjou Evergrand" yarim himoyachisi Paulino va 9 mln. evroga "Palmeyras" himoyachisi Minuni xarid qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca