"Barselona" koronavirus tufayli barcha tadbir va mashg'ulotlarni bekor qildi

Alisher
13 mar 2020, 17:37
"Barselona" koronavirus sababli bosh jamoaning har qanday harakatlarini chekladi.

"Vaziyatni hisobga olgan holda va tibbiy xodimlarning tavsiyalariga binoan klub barcha faoliyatni to'xtatadi", - deyiladi "Barselona" xabarida.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin La Liga o'yinlari to'xtatilgani haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, evrokuboklar doirasidagi barcha o'yinlar, jumladan "Barselona" - "Napoli" bahsi ham qoldirildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona