"Barselona" Italiya terma jamoasi vingerini nishonga oldi

Alisher
21 iyun 2021, 12:23
"Napoli" vingeri Lorenco Insine faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildiroqda. "Ko'k-anorranglilar" o'yinchining atrofidagi insonlar bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Lorenconing Neapol klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Insine o'tgan mavsum Italiya chempionati doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia